Joriy yilning 1 mayidan boshlab xo`jalik yurituvchi sub`ektlar, jumladan AYoQShlar benzinni birja savdolari orqali sotib olmoqda, benzin narxlari turli avtomobillarga yoqilg`i quyish shahobchalarida farq qilishi mumkin, chunki bu u har bir AYoQSh tomonidan qanchaga sotib olinganiga bog`liq.
Shu tariqa, benzin narxining shakllanishi O`zbekiston Energetika vazirligi yoki boshqa davlat tuzilmalariga emas, balki ishlab chiqaruvchi (ma`lum bir neftni qayta ishlash zavodi)ning boshlang`ich bahosi, taklif (birja savdolariga qancha benzin qo`yilgan) va unga bo`lgan talab (xaridorlar qancha sotib olishi)ga bog`liq.
№PQ-4664 sonli qaror qabul qilinmasdan oldin O`zbekistonda turli markadagi benzin va dizel yoqilg`isi chakana narxlari davlat tomonidan tartibga solinar edi. 1 maydan boshlab, ya`ni mazkur bozor mexanizmi joriy etilgandan buyon o`tgan yarim yildan ortiq vaqtdan beri mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari avtomobil benzinini faqat birja savdolari orqali sotmoqda.
Import qilingan benzin partiyalari ham savdolar orqali sotiladi va agar bunday benzin O`zbekistonga olib kirilib, haqiqatdan ham savdolarga ancha past narxda qo`yilishi mumkin. AYoQShlar bunday benzinni bu partiya tugamaguncha sotishlari mumkin. Bu erda so`z bir marttalik etkazib berish va import qilinayotgan benzin etkazib beruvchining har bir partiyaga oid kelishuvi to`g`risida so`z bormoqda. Bu bozor munosabatlaridan dalolatdir, bunda xuddi shu AYoQSh tomonidan qanday benzin qanday narxda sotilishi faqat birjaga bog`liq bo`ladi.
Shu tariqa, benzin va dizel yoqilg`isini sotishning bozor mexanizmi neftni qayta ishlash zavodlari va AYoQShlarga sog`lom raqobat sharoitida faoliyat yuritish imkon beradi. Ta`kidlanganidek, hozirgi vaqtda benzin narxining oshishi yoki kamayishi ma`lum bir talab va taklifga bog`liq. Xususan, bozor mexanizmi joriy etilganidan so`ng, 3 mayning o`zidayoq «O`zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJda o`tkazilgan savdolar savdoga qo`yilgan benzin narxi tushganini ko`rsatdi.
Birja savdolarida “O`zbekneftgaz” AJ neft bazalari, avtomobilga yoqilg`i quyish shahobchalari va o`z ehtiyoji uchun benzin sotib oluvchi yuridik shaxslar ishtirok etadi. Savdolar erkin, shaffof va barcha toifadagi xarid qiluvchilar uchun teng sharoitda o`tkaziladi.
Benzinni sotishning bozor mexanizmini joriy etilishi mazkur jarayonning shaffofligini kuchaytirdi.
Shunday qilib, birja kotirovkalari yoki birja savdolari orqali sotilayotgan tovar resurslariga o`rtacha narxlar har hafta belgilanadi va “O`zRTXB” AJ veb-sayti - www.uzex.uz da haftaning dushanba kuni 17:00 gacha chop etiladi.
“O`zRTXB” AJ sayti orqali shuningdek yangi mahsulot turlari to`g`risidagi ma`lumot ham kelib tushadi. Xususan, iyul oyi boshida O`zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida birja savdolariga AI-80-LYuKS-K2-L markadagi benzin qo`yila boshladi. Birja savdolarida yoqilg`i “Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ tomonidan sotilmoqda.
Sentyabr o`rtalarida esa “O`zRTXB” AJ birja savdolariga ilk bor Turkmanistonda ishlab chiqarilgan ECO-93 markali benzin sotuvga qo`yildi.
Qiziquvchilar benzin sotish jarayoni va bu borada yuzaga keluvchi tendensiyalarni www.uzex.uz sayti orqali kuzatib borishlari mumkin.






