AsosiyJamiyat

Navoiyda 6 nafardan iborat og`u savdogarlarining rishtasi uzildi

'Navoiyda 6 nafardan iborat og`u savdogarlarining rishtasi uzildi'ning rasmi

2020 yilning 6 dekabr kuni Navoiy viloyati IIB JQB hamda Navoiy shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o`tkazilgan “Nazorat ostida olish” tezkor-qidiruv tadbiri davomida, 6 nafardan iborat, og`u savdogarlarining rishtasi uzildi. 
Dastlab, tadbirga jalb qilingan “Shartli xaridor”ga “Hayot” MFYda yashovchi, fuqaro A.A 400 ming so`m pullar evaziga 1 dona go`gurt quti og`irligi 3 gramm bo`lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi. Tezkor-qidiruv tadbiri davom ettirilib, ushbu giyohvandlik vositachilari birinma-ketin oshkor etildi. 
7-dekabr kuni Karmanalik 1976 yilda tug`ilgan og`ufurush Fuqaro J.K yuqoridagi fuqaro A.Aga 450 ming so`m pullar evaziga 1 dona gugurt quti og`irligi 5 gramm bo`lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, uning cho`ntagidan 1 dona gugurt quti va 1 dona qog`oz bo`lagiga o`ralgan og`irligi 6 gramm bo`lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi olindi. 
Tezkor-qidiruv tadbiri davom ettirilib, keyingi kunda J.Kga Guliston mahallasida yashovchi B.M 400 ming so`m pullar evaziga 1 dona gugurt quti og`irligi 5 gramm bo`lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi. Shuningdek, uning yashash uyidan 4 dona gugurt qutiga solingan og`irligi 24 gramm bo`lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Tergovga qadar surishtiruv ishlari davomida, navbatdagi og`ufurush sheriklar Samarqandlik S.A va B.B ekanligi aniqlandi. Ular 5.400.000 so`m pullarga 100 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlandi. Bundan tashqari, yonidan chiqqan 17 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi va 1 million so`m pullar ham daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olindi. 
Turli hududdan qoni qovushgan ushbu giyohfurushlarga nisbatan hozirda O`.R.J.K 273-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar