Tailandda ob-havo haroratining keskin sovib ketishi besh kishining o`limiga sabab bo`ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Ma`lumotlarga ko`ra, vafot etganlarning aksariyati yolg`iz yashovchi keksalar bo`lgan. Ertalab tongda ular o`z uylarida qalin ko`rpalarga o`ralgan holda topilgan.
Tibbiyot xodimlarining ta`kidlashicha, havo haroratining keskin pasayib ketishi oqibatida keksalardagi surunkali kasalliklar avj olishi oqibatida o`lim holati yuz bergan.
Tailand subekvatorial mintaqada joylashganligi uchun aholining aksariyat uylari past haroratga moslashmagan.
Tailand meteorologik departamentining ma`lum qilishicha, ob-havodagi o`zgarish qirollik hududiga o`tgan 24 yanvar, yakshanba kuni Xitoy tomondan kirib kelgan antisiklonning ta`sirida yuzaga kelmoqda.





