AsosiyJamiyat

Rishtonda xaridorning 100 ming so`mlik puli qalbaki bo`lib chiqdi

'Rishtonda xaridorning 100 ming so`mlik puli qalbaki bo`lib chiqdi'ning rasmi

Rishton tumanida 8 dekabr kuni A.S. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda  6 dekabr kuni noma`lum shaxs dorixonasidan jami 24.000 so`mlik dori sotib olib, 100.000 so`mlik qalbaki pulni berib, qochib yashiringanligini bildirgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

O`tkazilgan sudga oid texnik-kriminalistik ekspertizasining xulosasiga ko`ra, taqdim qilingan bir dona seriya-raqamli 100.000 so`mlik kupyura rangli printer yordamida ishlab chiqarilganligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni T.O. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o`tadi.

 

    Boshqa yangiliklar