AsosiyJamiyat

Yusufxona – Qo`yliq yo`nalishida mikroavtobuslar qatnovi yo`lga qo`yildi

'Yusufxona – Qo`yliq yo`nalishida mikroavtobuslar qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Bo`stonliq tumanida turizm sohasida o`nlab loyihalar amalga oshirilmoqda. Endilikda “Ipak yo`li” sayyohlik firmasi logotipi tushirilgan mikroavtobuslar turistik zona bo`lgan Bo`stonliq tumanidagi Yusufxona qo`rg`onini Qo`yliq bozori bilan bog`laydigan bo`ldi. Bu haqda Toshkent viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Bugun erta tongdan eng zamonaviy qulayliklarga ega bo`lgan mikroavtobuslar Yusufxona hududidan harakatlanishni boshladi.

– Biz sayyohlikni rivojlantirishga hissa qo`shish niyatida Buxoro viloyatidan 6 ta so`nggi rusumdagi mikroavtobuslarni olib keldik, – deydi “Kogon-Mega-Bars” MChJ rahbari B. Axtamov, – Yaponiyada ishlab chiqarilgan “Toyota-Xiyach” rusumli transport vositasi Dubaydan hamkorlik shartnomasi asosida 5 yillik kredit evaziga sotib olindi.

Darhaqiqat, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan, monitor, sensor, kondisioner, isitish sistemasi, xullas, barcha komfort qulayliklarga ega bo`lgan, uzunligi 5 m etrni tashkil etgan, 14 o`rindiqli avtobuslar Toshkent viloyati aholisi va barcha mehmonlar uchun xizmat qilishni boshladi.

– Yangi mikroavtobuslarning afzalligi shundaki, turizm zonasiga boradiganlar uchun qulay imkoniyat  yaratadi. Salkam 100 km masofa uchun yo`lkira haqi 13 ming so`m etib belgilandi, – deydi Toshkent viloyati transport boshqarmasi boshlig`i S.Shoqosimov. – Kuniga 28 ta qatnov yo`lga qo`yiladi.

Eng muhimi, mikroavtobuslar qatnovi “Amirsoy”, “Beldirsoy”,”Chimyon”, “Nanay”, “Xo`jakent” kabi dam olish maskanlariga borish istagida bo`lgan yurtdoshlarimizning uzog`ini yaqin qiladi.

    Boshqa yangiliklar