AsosiyDunyo

Turkiyada 31 dekabrdan boshlab komendantlik soati joriy etiladi

'Turkiyada 31 dekabrdan boshlab komendantlik soati joriy etiladi'ning rasmi

Yangi yil avvalida va yanvar oyining boshlarida Turkiyada komendantlik soati joriy etiladi. Bu haqda respublika prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an Vazirlar Mahkamasining to`rt soatlik yig`ilishidan so`ng ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, komendantlik soati 31 dekabr soat 21:00 da boshlab, 4-yanvar kuni soat 5:00 gacha davom etadi. Turkiya Prezidentining so`zlariga ko`ra, komendantlik soati koronavirus tarqalishiga qarshi ko`rilgan chora hisoblanadi.

"Ilgari joriy etilgan cheklovlar o`zining ijobiy natijasini berdi, kasallik yuqtirganlar soni kamaydi", dedi Turkiya Prezidenti.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Turkiyada pandemiya boshlanganidan beri 1,8 million kishi koronavirus  yuqtirgan, 16 mingdan ortig`i uning asoratlari sabab vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar