AsosiyDunyo

Putin Baydenni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi

'Putin Baydenni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning 46 prezidenti Jo Baydenni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi. Putin boshqa dunyo rahbarlaridan tabrik olgan Baydenni tabriklashga shoshilmagan. 

Putin Baydenga tabrik telegrammasida "saylangan Prezidentga katta muvaffaqiyatlar tilab, global xavfsizlik va barqarorlik uchun alohida mas`uliyatni o`z zimmasiga olgan Rossiya va Qo`shma Shtatlar, o`zaro kelishmovchiliklarga qaramay, yuzaga kelayotgan ko`plab muammolarni hal qilishga birgalikda hissa qo`shishi mumkinligiga ishonch bildirdi", - deyiladi Kreml bayonotida.

Rossiya rahbari AQShning yangi Prezidentini boshqa davlatlarga qaraganda kechikib tabriklagani ko`plab OAVlar uchun mavzu bo`ldi. Jumladan, Putin Baydenni saylovdan olti hafta o`tib tabrikladi, deya qayd etdi CNN.

    Boshqa yangiliklar