O`tgan 10 oy davomida firibgarlik yo`li bilan 33 mingdan oshiq fuqarodan 179,7 mlrd so`m va 11,8 mln AQSh dollari qo`lga kiritilgani aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vaziri o`rinbosari, polkovnik Rustam Xatamov ma`lumotlariga ko`ra xs.uz xabar qildi.
«IIV Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi tashabbusi bilan aholi orasida eng ko`p shov-shuvga sabab bo`lgan ishga jo`natish yoki avtoransport vositasini olib berishga va`da berib 33 mingdan oshiq fuqarodan 179,7 mlrd so`m va 11,8 mln AQSh dollari firibgarlik bilan qo`lga kiritilgan holat bo`yicha 66 nafar shaxsga 24 ta jinoyat ishi ochilgan», dedi Xatamov.






