AsosiyDunyo

Emigrantlar yashashi uchun eng qimmat shaharlar nomi ma`lum bo`ldi

'Emigrantlar yashashi uchun eng qimmat shaharlar nomi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

ECA International konsalting kompaniyasi yashash uchun eng qimmat shaharlar nomini e`lon qildi. Reytingda eng yuqori o`rinni Xitoyning Gonkong shahri egallagan. 

Shuningdek eng qimmatli beshlikdan Tokio (Yaponiya), Nyu-York (AQSh), Jeneva (Shveysariya) va Syurix (Shveysariya) shaharlari joy oldi.

 Ulardan keyingi o`rinlar London (Buyuk Britaniya), Tel-Aviv (Isroil), Seul (Koreya), San-Fransisko (AQSh) va Yokohama (Yaponiya) kabi shaharlarga munosib ko`rilgan.

 Avvalroq InterNations kompaniyasi e`lon qilgan Expat Insider 2020 hisobotida emigrantlar yashashi uchun eng yaxshi shaharlar nomi ma`lum qilingandi. Mazkur ro`yxatda eng yuqori o`rinlarni Valensiya, Alikante va Lissabon shaharlari egallagan.

    Boshqa yangiliklar