Hukumatning 09.04.2019 dagi 292-son qarori bilan “Yo`l harakati qoidalari”ga kunning yorug` vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligiga oid qoida kiritilgani yodingizda bo`lsa kerak (138-band).
Keyinroq, jamoatchilikning e`tirozlaridan so`ng, Hukumat qarori bilan mazkur qoidaning amal qilishi 2021 yil 1 yanvarga qadar kechiktirilgan edi.
Shunday qilib, 1 yanvardan boshlab, kunning yorug` vaqtida ham yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmagan haydovchilar MJtKning 128-moddasi tartibida ma`muriy javobgarlikka tortiladi. Buni bloger Xushnudbek eslatib qo`ydi.
Birinchi marta sodir etilganda 111 500 so`m, bir yil ichida takror sodir etilsa 223 ming so`m va 3-marta sodir etilsa 669 ming so`m jarima solinadi.
Agar 1 yil ichida 3 martadan ko`p sodir etilsa 892 ming so`m jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etishga sabab bo`lishi mumkin.






