AsosiyJamiyat

YPX xodimlari haydovchilardan gaz ballon hujjatini so`rashga haqli emas

'YPX xodimlari haydovchilardan gaz ballon hujjatini so`rashga haqli emas'ning rasmi

Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig`ining ma`lum qilishicha, Yo`l harakati qoidalarining 7-bandida YPX xodimlari tomonidan mexanik transport vositasi to`xtatilganda so`raladigan hujjatlar ro`yxatiga asosan, gaz ballon hujjatini so`rashga YPX xodimlarining xaqqi yo`q.

Agar transpot vositasiga gaz ballon o`rnatilganidan so`ng, avtomashina qayta ro`yxatdan o`tkazilmagan bo`lsa, protokol tuzilishi mumkin.

Qayta ro`yxat bilan [gaz ballonning] hujjatni adashtirmaslik kerak. Sababi qayta ro`yxat bilan ballon hujjati boshqa-boshqa narsalar.  

Transport vositasining texnik pasportiga gaz o`rnatilgani haqida ma`lumotlar kiritiladi. Agar yuqoridagi ma`lumotlar [texnik pasportda] bo`lmasa, avtomashina qayta jihozlanib, belgilangan hujjatlar yo`qligi sababli jarima maydoniga olib boriladi

    Boshqa yangiliklar