AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi: Davlat organlarining nazorat vakolatlarini qayta ko`rib chiqish taklif etilmoqda

'Adliya vazirligi: Davlat organlarining nazorat vakolatlarini qayta ko`rib chiqish taklif etilmoqda'ning rasmi

Sunggi yillarda tadbirkorlik faoliyatining to`sqinliksiz amalga oshirilishini ta`minlash hamda biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasida keng ko`lamli islohotlar olib borilmoqda.

Xususan, tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini tekshirish ishlarni muvofiqlashtirish Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakilga o`tkazildi, shuningdek ushbu tekshirishlar “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan islohotlarni izchillik bilan davom ettirish hamda tadbirkorlik sub`ektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasida davlat nazoratining sifati va ko`lamini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada ortiqcha nazorat funksiyalarni bekor qilishdan tortib “aqlli nazorat” modelini joriy etishgacha taklif etilgan.

Jumladan, Farmon loyihasi bilan 19 ta vazirlik va idoralarning 33 ta nazorat funksiyalarini bekor qilish, ta vazirlik va idoralarning o`ziga xos bo`lmagan 14 ta nazorat funksiyalarini 8 ta mas`ul tashkilotlarga o`tkazish, shuningdek 18 ta ortiqcha nazorat funksiyalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatidan chiqarib tashlash ko`zda tutilmoqda.

Shular jumlasiga Ichki ishlar vazirligining transport vositalariga texnik xizmat ko`rsatish stansiyalarida transport vositalariga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlarini tekshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishi, nazorat kassa mashinalari mavjudligi ustidan nazorat va boshqa vakolatlar kiradi.

Shuningdek, soliq organlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining bankdagi hisobvaraqlariga inkassoqo`yish va bank operasiyalarini to`xtatib turish vakolati faqat sud qaroriasosida amalga oshirish bo`yicha eksperiment nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Farmon loyihasiga ko`ra tekshirishlarni o`tkazish, ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash, tahlil qilishni to`liq elektron ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi “Yagona davlat nazorati” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi.

“Yagona davlat nazorati” avtomatlashtirilgan axborot tizimida:

davlat organlari va tashkilotlarining nazorat funksiyalari yagona reestri shakllantirilishi va ochiq tarzda yuritilishi;

Tekshiruvlarni elektron ro`yxatga olish yagona tizimi integrasiya qilinishi;

tadbirkorlik faoliyat turlari bo`yicha majburiy talablar ro`yxati 
va tekshiruv varaqalari joylashtirilishi;

Elektron inspektor” moduli orqali tadbirkorlarni masofaviy tarzda tekshirishva boshqaimkoniyatlarnazarda tutilgan.

Mazkur choralar asosida nazorat qiluvchi organlarning korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi shakllantiriladi, ularni minimallashtirish va jilovlash choralari ko`riladi hamda ular asosida nazorat qiluvchi organlarning reytingi tuziladi. 

Shu bilan birga, tekshirishni o`tkazish bo`yicha qaror qabul qilgan nazorat qiluvchi organ tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun taraflarning javobgarligini nazarda tutuvchi xabarnoma yuborish amaliyoti yo`lga qo`yiladi.

Yangi tizimni aprobasiya qilish bo`yicha huquqiy eksperiment birinchi bo`lib Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida 2021 yil 1 maydan boshlab 2022 yil 1 yanvarga qadaro`tkazish rejalashtirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur tizim:

birinchi bosqichda – 2021 yil 1 dekabrga qadar Farmon talablari tadbirkorlikning ta asosiy faoliyat turlariga (chakana savdo, umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, nodavlat ta`lim xizmatlarini ko`rsatish va yo`lovchilarni tashish);

ikkinchi bosqichda – 2022 yil 1 dekabrga qadar – 10 ta faoliyat turlariga;

uchinchi bosqichda – 2023 yil 1 dekabrga qadar – barcha faoliyat turlari bo`yicha majburiy talablar ro`yxati va tekshiruv varaqalari tuziladi va “Yagona davlat nazorati” avtomatlashtirilgan axborot tizimida joylashtiriladi.

Barcha mutuxassislar, ekspertlar, tadbirkorlar va fuqarolarimizni Farmon loyihasi yuzasidan o`z fikr va mulohazalari bilan o`rtoqlashishga chaqiramiz.

Adliya vazirligi

    Boshqa yangiliklar