AsosiyJamiyat

2020 yilda is gazidan qancha fuqaro vafot etgani ma`lum qilindi

'2020 yilda is gazidan qancha fuqaro vafot etgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qish mavsumiga tayyorgarlik masalasida videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

Yig`ilishda joylarda is gazidan zaharlanish va chaqnash holatlari ham uchrayotgani ta`kidlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning o`tgan davrida bunday noxush holatlar oqibatida 106 nafar  fuqaro vafot etgan, 190 nafari zaharlangan va kuyish tan jarohati olgan. Jumladan, bugun Yangiyo`l tumanida 3 nafar fuqaro is gazidan olamdan o`tgan.

Prezidentimiz Yangi yil bayrami kunlari yong`in xavfsizligi, is gazidan zaharlanish va chaqnashlar bilan bog`liq noxush holatlarning oldini olish bo`yicha mutasaddilar hushyorlikni yanada oshirishi kerakligini ta`kidladi.

Shuningdek, ijtimoiy soha ob`ektlari, ayniqsa, mehribonlik va muruvvat uylari, maktab, maktabgacha ta`lim va tibbiyot muassasalarida yong`inga qarshi profilaktika ishlarini o`tkazish, ularning tayyorgarlik jarayonlarini yanada kuchaytirish choralarini ko`rish bo`yicha vazifalar belgilandi.

    Boshqa yangiliklar