AsosiyDunyo

Koronavirusga qarshi vaksina ikki bosqichli. Xatoga yo`l qo`yilsa, u virusdan himoya qilolmaydi

'Koronavirusga qarshi vaksina ikki bosqichli. Xatoga yo`l qo`yilsa, u virusdan himoya qilolmaydi'ning rasmi

Koronavirusga qarshi emlash ikki bosqichli vaksinasiya jarayonidan iborat. Agar bu jarayonda xatoga yo`l qo`yilsa, u virusdan himoya qila olmasligi mumkin. Bu haqda Quddusdagi Xadassa klinikasi professori, immunolog polina Stepenskaya "RIA Novosti" saytiga bergan intevyusida ta`kidlab o`tdi.

"Hozirgi vaqtda barcha koronavirusga qarshi vaksinalarning ikkita bosqichi bor. Agar ikkinchi bosqichi amalga oshirilmasa, jamoaviy immunitet yaxshi saqlanmaydi.

 Bu holatda emlangan kishida ham mustahkam immunitet saqlanib qolmaydi, — dedi Stepenskaya. 

Uning aytishicha, barcha mamlakatlarning aholisiga ikkinchi marta emlashning muhimligi haqida elektron manbalar orqali ma`lumot berish kerak. Shunda avvalgi ko`p yillik vaksinasiya tadbirlarida tajriba oshirgan odamlar o`zi ongli ravishda qaror qabul qilishadi.

"Qandaydir elektron eslatish vositalarini o`ylab topish kerak. Axir onalar o`z farzandlarini milliy jadvaldagi vaksinalar bilan emlatishni unutib qo`yishmaydiku. Kimki emlatishni xohlamasa, mayli qildirmasin. 

O`ylaymanki, kishilarni vaksina olishga majburlash kerak emas. Albatta, eslatib o`tish kifoya, lekin hamma fuqarolar yoppasiga vaksina oladi, deb ishonmaslik zarur".

Ekspertning fikricha, agar vaksinaning muhimligi tushuntirilsa, odamlar ikkinchi bosqichga ham o`z ixtiyori bilan kelishadi. Shu bilan birga immunologning ta`kidlashicha, tez orada ikki bosqichli emlash bekor qilinishi mumkin.

"Balki vaqt o`tishi bilan, bir yilmi yoki ikki yildan keyin xuddi grippga qarshi vaksina kabi koronavirusga qarshi ham ikki martalab emlanish shart bo`lmay qolar...  

Ammo u vaqtda allaqachon immunologik xotiraga ega bo`lamiz. Lekin hozircha bir-ikki yilda bu maqsad amalga oshmaydi, deb o`ylayman. Hozircha har yili emlanishimizga to`g`ri keladi", — dedi mutaxassis.
 

    Boshqa yangiliklar