Namangan tumani hokimi Sadritdin Mo`minovning xalqqa hisobot sessiyasi bo`lib o`tayotgani haqida xabar bergan edik. Barchani qiziqtirayotgan bir savol bor: Hokimlik mablag`lari nimalarga sarflanadi? Aynan shu savolga javob sifatida hokim tumandagi barcha orttirilgan byudjet mablag`larining qanday safarbar qilingani bo`yicha tiyinigacha hisob berdi.
Sadritdin Mo`minovning aytishicha, 2020 yil 3 chorak yakuni bo`yicha daromadlar rejasining 1 mlrd. 425 mln. so`m miqdorida orttirib bajarilgan. Shundan:
- "Saxovat va ko`mak" jamg`armasiga mablag`larni shakllantirish uchun 420 mln.so`m ajratilgan;
- Namangan tuman Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`lim boshlig`ining xotin qizlar masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosariga O`zbekistonda ishlab chiqarilgan “NEXIA-3” rusumli avtomashina sotib olish va rasmiylashtirish bilan bog`liq harajatlar uchun 91 mln. so`m;
- Namangan tuman Ko`l bo`yi mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi suv tarmog`ini joriy ta`mirlash ishlari uchun 33.1 mln. so`m;
- Tumandagi 4-sektor ma`muriy binosini joriy ta`mirlash ishlari uchun 87.5 mln. so`m;
- Tashabbusli byudjet natijalari va ularning ijrosi bo`yicha g`olib deb topilgan tadbirlarga 142.5 mln. so`m;
- Tumandagi 1-sektor ma`muriy binosini joriy ta`mirlash ishlari yakunlash uchun 30.0 mln.so`m;
- Namangan viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasiga tumandagi Mullakuding mahalla fuqarolar yig`inidagi 1 va 2-sonli ko`p qavatli uyni tom qismini ta`mirlash xarajatlari uchun 40.0 mln. so`m;
- Namangan tuman hokimligi ma`muriy binosini tashqi fasad qismini joriy ta`mirlash ishlari uchun 225.0 mln. so`m;
- Karonavirus pandemiyasini oldini olish maqsadida tuman xududida kirish va chiqish uchun tashkil etilgan postlarda turgan ichki ishlar xodimlariga issiq ovqat bilan ta`minlash uchun 30.0 mln. so`m;
- Tuman maktabgacha ta`lim bo`limiga qarashli 20-sonli maktabgacha ta`lim tashkiloti binosini jariy ta`mirlash ishlari uchun 265.0 mln. so`m;
- Tuman Tibbiyot birlashmasining yuqumli kassalliklar bo`limini kanalizasiyasini tarmoqqa ulash ishlari uchun 60.0 mln. so`m;
- "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari"dagi muammolarini hal etish uchun tuzilgan jamg`armalari tashkil etildi.
Sessiya davom etmoqda. Bizni kuzatib boring!
Sardorbek Rahmonqulov