AsosiyDunyo

Isroil va Gresiya Turkiyani “Islom davlati”dan neft sotib olganlikda aybladi

Isroil va Gresiya bosh vazirlari Turkiyani “Islom davlati”dan neft sotib olganlikda aybladi.  Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Buni ular Afinadagi muzokaralar yakuniga bag`ishlangan matbuot anjumanida aytib o`tgan. Isroil mudofaa vaziri Moshe Yaalon Anqarani to`g`ridan-to`g`ri terrorchilarga homiylik qilganlikda aybladi:

“Barchaga ma`lumki, ID anchadan beri Turkiyaga neftni sotish orqali o`zini moliyalashtiradi. Umid qilamanki, bu harakatlar o`z nihoyasiga etadi. Turkiya hukumati terrorizm bilan kurashga qo`shilishni ko`zda tutayotgani borasida bir qarorga kelish fursati etdi”

Bundan tashqari, Yaalon Turkiya hududi orqali jangari jihodchilar joylashuviga hukumat beparvo bo`layotganini ham ta`kidladi.

O`z navbatida uning gresiyalik hamkasbi Panos Kammenos ham Turkiya ID nazorati ostida bo`lgan hududda ishlab chiqariladigan neftning katta qismini sotib olish orqali terrorchilarni moliyalashtirayotganini aytib o`tdi.

Shuningdek, Kammenos Anqarani Evropaga kirib kelayotgan  muhojirlar oqimini cheklash bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga chorladi.

    Boshqa yangiliklar