KXDRda navbatdagi yadro sinovlari o`tkazilgani O`zbekistonda tashvish bilan qabul qilindi, deb yozadi Jahon axborot agentligi.
Bular BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarining qo`pol ravishda buzilishi bilan birga Koreya yarimorolida tinchlik va o`zaro ishonchni o`rnatish yuzasidan jahon hamjamiyatining sa`y-harakatlariga qarshi borish hisoblanadi.
O`zbekiston Markaziy Osiyoda yodroviy quroldan holi hudud yaratish tashabbuskori sifatida Pxenyanni dunyoviy va mintaqaviy xavfsizlikka rahna soluvchi provokasion harakatlarni to`xtatishga chaqirdi.





