Afg`onistonning Hindikush tog`larida, Toshkent shahridan 550 kilometr uzoqlikda 27-yanvar, Toshkent vaqti bilan 4:20 da zilzila yuz berdi. Bu haqda “Toshkent” markaziy seysmostansiyasi ma`lumotlariga asoslanib, “Daryo” nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, episentrda zilzila magnitudasi 5 ga teng bo`lgan.
Seysmostansiya ma`lumotlariga ko`ra, Afg`onistondagi ushbu zilzila Toshkentda 2 ball bo`lib sezilgan. O`zbekistonning boshqa shaharlarida erosti silkinishlari sezilgani to`g`risida axborot yo`q.
Mazkur er osti silkinishi to`g`risida Seysmologiya instituti saytida ma`lumotlar keltirilmagan.
Eslatib o`tamiz, yanvar oyida Toshkent shahrida olti marta-1 yanvar, 2 yanvar, 8 yanvar, 9 yanvar, 13 yanvar va 14 yanvar kunlari ham er osti silkinishlari qayd etilgan edi.





