AsosiyJamiyat

Nukusda maoshsiz qolgan fuqarolar yo`lni to`sib qo`yishdi

'Nukusda maoshsiz qolgan fuqarolar yo`lni to`sib qo`yishdi'ning rasmi

Nukusda oyligi berilmagan odamlar koʼchani toʼsib qoʼyishdi. Bu haqdagi holat aks etgan foto va videolar bugun ijtimoiy tamroqlarda tarqaldi.

Хabarlarga koʼra, fuqarolar A.Dosnazarov va M.Jumanazarov koʼchalari kesishmasidagi yoʼlga chiqib ketishgan. Nukusda obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan ishchilar mashinalar qatnovini toʼxtatib qoʼydi, deyiladi tarqlgan xabarlarda.  

Holat yuzasidan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri oʼrinbosari Bayrambay Ilyasov Kun.uzga izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, noyabr oyi uchun 884 nafar ishchiga 591 mln soʼmlik ish haqlari berilmagan. Vazir oʼrinbosari oyliklar toʼliq toʼlab berilishini aytdi.

    Boshqa yangiliklar