Sodir etilayotgan og`ir va o`ta og`ir turdagi jinoyatlarni fosh etish jazo muqarrarligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyatchilar doim hodisa joylarida o`z izlarini qoldirmaslik maqsadida turli xil usullardan foydalanishadi.
Bugungi kunda Samarqand viloyati IIB Ekspert kriminalistika bo`limi xodimlari tomonidan jinoyatlarni izlar orqali issiq izidan fosh etish borasida zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilmoqda.
Viloyat IIB EKB Avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi yordamida joriy yilning 11 oyi davomida 18 ta jinoyatlar barmoq izlari tadqiqoti natijasida fosh etilib, 26 marotaba shaxsga tegishli bo`lgan ma`lumotlarga aniqlik kiritilishiga erishildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.
Jumladan, Paxtachi tumani Qarnab ota MFYda sodir etilgan jinoyat joyidan olingan barmoq izi Samarqand viloyati IIB EKB Avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimida tekshirilib, fuqaro O.ga tegishli ekanligi aniqlanib, o`ta og`ir jinoyatni fosh etilishida amaliy yordam berdi.
Maxsus tadqiqotlar bo`linmasi tomonidan 2020 yil 11 oyi davomida
571 marotaba kimyoviy tadqiqotlar o`tkazilib, turli xildagi giyohvandlik moddalari hamda psixotrop vositalar bo`yicha ekspertizalar bajarildi.
Shuningdek, EKB xodimlari bilan hodisa joylarini ko`zdan kechirish sifatini oshirish maqsadida doimiy o`quv-amaliyot seminarlari o`tkazilib kelinmoqda.
Bir so`z bilan aytganda tizimdagi EKB xodimlarining sodir etilgan jinoyatlarni ashyoviy dalillar bo`yicha tezkorlik bilan fosh etish va qilmish uchun jazo muqarrarligini ta`minlashdagi o`rni katta.









