AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vazirligi yana 500 ming to`plam gidroksixloroxin sotib oldi

'Sog`liqni saqlash vazirligi yana 500 ming to`plam gidroksixloroxin sotib oldi'ning rasmi

SSV «Dori-Darmon» kompaniyasidan umumiy qiymati 15,3 mlrd so`mga teng bo`lgan dori vositalarini sotib oldi. Uning ichiga 4 mlrd so`m qiymatdagi 500 ming to`plam gidroksixlorin ham kiradi.

Shartnomaga quyidagi vositalar kiritilgan:

- 100 ming to`plam azitromisin (4,8 mlrd so`mga);

- 500 ming to`plam «Oksivin» / gidroksixloroxin dori vositasi (3,9 mlrd so`m);

- 500 ming to`plam parasetamol (646,5 mln so`m);

- 166,6 ming to`plam askorbin kislotasi (Vitamin S) (2,5 mlrd so`m);

- 40 ming to`plam OmiZinc (rux) (2,8 mlrd so`m);

- 10430 ta uch qavatli karton korobkalar (45,8 mln so`m);

- 500 ming dona A6 shakldagi qo`llanmalar (12,2 mln so`m);

- 500 ming dona «COVID-19» to`plami (347 mln so`m).

Eslatib o`tamiz, avvalroq JSST gidroksixlorinni COVID-19 bilan kurashishda samarasiz preparatlar ro`yxatiga kiritgan edi.

    Boshqa yangiliklar