AsosiyDunyo

Putin 7 yoshgacha bo`lgan farzandi bor oilalarga har bir bola uchun 5000 rubldan o`tkazib berishni va`da qildi

'Putin 7 yoshgacha bo`lgan farzandi bor oilalarga har bir bola uchun 5000 rubldan o`tkazib berishni va`da qildi'ning rasmi

Yangi yil bayrami arafasida Putin 7 yoshgacha bo`lgan bolalarning ota-onalariga har bir bola uchun 5000 rubldan pul o`tkazib berishni va`da qildi. Bu haqda Forbes.ru yozdi.

"Bu farzandlarimizga bayram sovg`asi bo`lsin!" – dedi prezident.

 "Bu yil ommaviy bolalar tadbirlari bekor qilindi. Yangi yil bayrami esa alohida o`ziga xos bayram. U orzular va niyatlar bayrami. Men bu qarorga kelishdan oldin hukumat bilan kengashdim. 7 yoshgacha bo`lgan farzandlari bor oilalarga har bir bola uchun 5000 rubldan baram sovg`asi o`tkazib berishga qaror qildik".

Bungacha prezident 2021 yilda ishlamaydigan pensionerlarning nafaqalarini oshirib berish ko`zda tutilayotgani haqida gapirgan va agar byudjet imkoniyatlari ko`tarsa ishlovchi pensionerlarning ham nafaqalarini ko`tarishga so`z bergandi.

    Boshqa yangiliklar