Joriy yilda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Xalqaro migrasiya tashkiloti bilan hamkorlikda Rossiyaning turli hududlarida murakkab moliyaviy-ijtimoiy holatga tushib qolgan ko`plab fuqarolarni charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, ana shunday toifadagi fuqarolardan yana 9 nafari 17-18 dekabr kunlari Sankt-Peterburg hamda Moskva shaharlaridan charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.
Ta`kidlanishicha, Xalqaro migrasiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi ko`magida olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo`qotgan fuqarolardan iborat.
Ma`lum qilinishicha, qiyin ahvolga tushib qolgan bemorlarga “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan samolyot bortida maxsus shart-sharoitlar yaratib berilgan.






