Respublika Maxsus komissiyasining navbatdagi qarori e`lon qilindi.
Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasiga bo`lgan ko`plab murojaatlardan kelib chiqib, chegara o`tkazish punktlari orqali respublika hududiga kirib kelayotgan xorijiy oliy ta`lim muassasalarida o`qiydigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bo`lgan talabalardan koronavirusga test tekshiruvlari istisno tariqasida 50 000 so`mdan oshirmagan holda amalga oshirilishi (pasport hamda talabalikni tasdiqlovchi hujjat bo`lgan taqdirda) belgilandi.






