AsosiyJamiyat

SSV: "Xitoy vaksinasi natijalari ijobiy, hech qanday asorati bo`lgani yo`q"

'SSV: "Xitoy vaksinasi natijalari ijobiy, hech qanday asorati bo`lgani yo`q"'ning rasmi

"Toshkent yoshlar forumi — 2020"da sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari Amrillo Inoyatov qaysi faktorlarni inobatga olib «Sputnik V» (Rossiya) va  Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical (Xitoy) vaksinalarini sinovdan o`tkazishni boshlagani haqidagi savolga javob berdi.

"Sanab o`tilgan vaksinalar, ayniqsa Xitoy vaksinasini bugungi kunda uchinchi jarayonda olish boshlandi. Kuzatuv jarayonlari olib borilayapti, Innovasion rivojlanish vazirligi va Respublika maxsus komissiyasi tomonidan natijalari e`lon qilinadi. Natijalari ijobiy, hech qanday asoratlari bironta ham bo`lgani yo`q. Albatta, yakuniy hulosaga kelinganidan keyin hukumat tomonidan to`liq, ommaviy emlash yo`lga qo`yiladi", – dedi Amrillo Inoyatov.

 

Klinik sinovlari o`tkazilishi kerak bo`lgan Xitoy vaksinasi 7 noyabr kuni keltirilgan edi. (https://www.gazeta.uz/uz/2020/11/09/vaccine/?utm_source=push&utm_medium=telegram) Vaksina sinovlari reja bo`yicha 5000 nafar ko`ngillida va faqat Toshkent shahrida o`tkalishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar