AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari yurtimizning ayrim hududlarida qor yog`adi

'Dam olish kunlari yurtimizning ayrim hududlarida qor yog`adi'ning rasmi

Dam olish kunlari O`zbekistonga Rossiyaning janubiy hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Rossiyadan kirib kelgan havo massasi O`zbekiston bo`ylab ob-havoni yomonlashishiga olib keladi. Respublikaning shimolida shanba kuniga o`tar kechasi qor ko`rinishidagi biroz yog`ingarchilik kuzatiladi. Barcha joylarda yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilik qorga aylanishi bilan kuzatiladi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Faqat eng chekka sharqda (Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari) shanba kuni kun davomida havo bulutli, lekin quruq bo`lishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni g`arbiy hududlarda yog`ingarchilik kuzatilmaydi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik kunning ikkinchi yarmigacha davom etadi va faqat eng chekka janubda va Farg`ona vodiysida yog`ingarchilik bo`lishi kun davomida saqlanib turadi.

    Boshqa yangiliklar