Garchi niqoblar COVID-19'ni yuqtirish ehtimolini kamaytiruvchi foydali vosita ekani aytilgan bo`lsa ham, u insonlarning nafas olish yo`llarida viruslarni kamaytirishi aniq emas. Niqob kiyish atrofdagi havo zarralarini va ularning dinamikasini sezilarli darajada o`zgartiradi, bu esa atrof-muhit zarralarining nafas olish qobiliyatini o`zgartirishi mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko`rsatadiki, niqobsiz nafas olayotganda havo og`iz va burunga ma`lum yo`llar orqali kiradi. Niqob kiyganda havo og`ziga va burunga niqobning butun yuzasi orqali past tezlikda kiradi, bu esa atrofdagi aerozollarni burunga nafas olishiga yordam beradi.
Shu bois bir marta ishlatilgan niqob keyingi ishlatilishda mayda tomchilarni samarali filtrlay olmaydi. Ba`zilar yo`qdan ko`ra har qanday niqob yaxshi deb hisoblaydi. Ammo ishlatilgan himoya vositalari 2,5 mikrometrdan kichik zarralarga qarshi kurasha olmaydi.
Mutaxassislarning xulosasi uch qavatli jarrohlar niqobini taqqan odamning kompyuter modeliga asoslangan. Simulyasiya natijasida havodagi mayda tomchilar yuz, yuqori nafas yo`llari, tomoq yoki o`pkaga qanday tushganligini ko`rsatib bergan. Ta`kidlanishicha, ishlatilgan niqob havo oqimi tezligini sezilarli darajada pasaytirib, uning samaradorligini kamaytiradi.






