AsosiyDunyo

Rossiya AQShning dushmani— Maykl Pompeo

'Rossiya AQShning dushmani— Maykl Pompeo'ning rasmi

"Mendan har doim AQShning dushmani kimligini so`rashadi va hozir bu savolga javob bermoqchiman: bizning turmush tarzimizga, respublikamizga, demokratik tamoyillarimizga putur etkazmoqchi bo`lganlar ko`p. Rossiya bu kabilar ro`yxatida albatta bor", dedi Pompeo Mark Levin radioeshittirishiga bergan intervyusida.

AQSh rasmiylari Rossiyani qarshi mamlakat emas, dushman mamlakat deb atashadi. Pompeo shu hafta boshida Rossiyani AQSh uchun "haqiqiy muammo" deb atadi.

Davlat kotibi Amerika ommaviy axborot vositalariga yaqinda uyushtirilgan kiberhujumlarda Rossiyaning aloqasi borligini aytib o`tdi. "Rossiya assimetrik potensialdan foydalanib, AQShni zarar ko`rishiga harakat qilmoqda".

Shuningdek, Pompeo Rossiya rahbariyati "erkinlikni sevuvchilar uchun haqiqiy xavf" ekanligini ta`kidladi. Shu bilan birga, AQSh Rossiyadan kelib chiqadigan xavfni kamaytirmoqchi emasligini, Xitoyni esa "xavfliroq" tahdid deb bilishini qo`shimcha qildi.

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar