Turkiyaning Gaziantep shahrida joylashgan shifoxonada kislorod apparati portladi. Buning oqibatida sakkiz kishining halok bo`lgani aniqlandi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, portlash Gaziantep universiteti qoshidagi kasalxonada koronavirus bilan kasallangan bemorlarni jonlantirish bo`limida sodir bo`lgan. Hozircha portlash oqibatida jabrlanganlarning shaxsi haqida ma`lumot berilmagan.
Katta ehtimol bilan ularning barchasi koronavirusdan davolanayotgan bemorlar ekanligi aytilmoqda.
Xabarga ko`ra, intensiv terapiyada davolanayotgan 14 nafar bemor boshqa kasalxonalarga o`tkazilgan. Ushbu masala bo`yicha sud va ma`muriy tergov ishlari boshlangan.






