AsosiyJamiyat

Qarshidagi yotoqxonada 13 nafar o`smirning is gazidan zaharlanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi — Bosh prokuratura

'Qarshidagi yotoqxonada 13 nafar o`smirning is gazidan zaharlanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi — Bosh prokuratura'ning rasmi

Sal avval Qarshida 13 nafar o`smir is gazidan zaharlanganligi haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi. 

Aniqlanishicha, bugun 19 dekabr kuni soat 06-50 larda Qarshi shahridagi xususiy o`quv markazlaridan birining yotoqxonasida yashovchi 13 nafar o`smir  yotoqxonaga o`rnatilgan gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik sababli zaharlanishgan.

Ko`rsatilgan tez tibbiy yordamdan so`ng ularni barchasining ahvoli yaxshilangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Tekshiruv olib borilishi ustidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat o`rnatilgan, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar