AsosiyJamiyat

Talaba va o`quvchilarga poezd chiptalari uchun 50 foiz chegirma beriladi

'Talaba va o`quvchilarga poezd chiptalari uchun 50 foiz chegirma beriladi'ning rasmi

2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha oliy o`quv yurtlarining kunduzgi bo`limlarida ta`lim olayotgan talabalar hamda o`quvchilarga poezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma beriladi.

«O`ztemiryo`lyo`lovchi» AJning ma`lum qilishicha, mazkur chegirmalar talabalar va o`quvchilarning qishki o`quv ta`tilini maroqli o`tkazishi hamda mamlakat bo`ylab sayohat qilishiga qulaylik yaratish maqsadida joriy etilmoqda.  

«Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin», deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar