AsosiyJamiyat

Qarshi shahrida YPX mashinasi yonib ketdi (video)

'Qarshi shahrida YPX mashinasi yonib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qarshi shahrida GAI avtomashinasi yonib ketdi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

IIV YHXBB Axborot xizmati holatga aniqlik kiritdi.

Keltirilishicha, joriy yilning 18 dekabr kuni soat 16:50larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik ko`chasida joylashgan viloyat hokimligi binosining ro`parasida viloyat IIB YHXB YPX xodimi M.Oymurodov boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli maxsus xizmat avtomobilining dvigatel qismida yong`in yuzaga kelgan.

Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Yong`in tez fursatlarda bartaraf etilgan. Transport vositasining dvigatel va kapot qismi zararlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan Qarshi shahar IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong`in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar