Rossiyalik kompozitor va prodyuser Konstantin meladzening Lexus LX 570 avtomobili o`g`irlab ketildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Meladzening avtomobili Ukraina poytaxti Kiev shahri Solomen tumani Iskrovskaya ko`chasidagi “Sputnik” kinoteatri oldidan bugun 26yanvar soat mahalliy vaqt bilan 17:55 da o`g`irlab ketilgan.
“Hozirda Lexus LX 570 avtomobili o`g`irlab ketilishi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Konstantin Meladzega tegishli 2013 yilda ishlab chiqarilgan Lexus LX 570 avtomobili 40 yoshli haydovchi uni “Sputnik” kinoteatri oldida o`n daqiqaga qoldirgan paytda o`g`irlab ketilgan”, —deyiladi xabarda.
Konstantin Meladze 2012 yilning 27 dekabrida Kiev — Obuxov yo`lining 32 kilometrida o`zining boshqaruvidagi Lexus avtomobilida piyodalar uchun mo`ljallangan joydan yo`lni kesib o`tayotgan 30 yoshli ayolni urib yuborgan edi. Ayol hodisa joyidayoq vafot etgandi. O`shanda Meladzening o`zi polisiya chaqirgan. YTH yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan, ammo u 2013 yilda Meladzening hatti-harakatlarida jinoyat alomatlari bo`lmagani yuzasidan ekspertiza bergan xulosadan so`ng yopilgan edi. Meladze vafot etgan ayolning ikki nafar farzandini ular voyaga etgunga qadar ta`minlashni o`z zimmasiga olgan.
Konstantin Meladze — taniqli xonanda Valeriya Meladzening tug`ishgan akasi,Ukrainada xizmat ko`rsatgan san`at arbobi. U shuningdek, xonanda Vera Brejnevaning turmush o`rtog`i.





