AsosiyJamiyat

Yangi yil tantanalari munosabati bilan poytaxtdagi ba`zi ko`chalar yopiladi

'Yangi yil tantanalari munosabati bilan poytaxtdagi ba`zi ko`chalar yopiladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi kirib kelayotgan Yangi yil tantanalari munosabati bilan  Toshkent shahri markazida bayram tadbirlar  o`tkazilishi rejalashtirilganligi haqida xabar berdi. Shu munosabat bilan joriy yilning 20 dekabr kuni soat 06:00 dan  2021 yil 15 yanvar soat 00:00 gacha  quyidagi ko`chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:  

– Buyuk Turon ko`chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko`chalari oralig`idagi qismi;

– Zarafshon ko`chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko`chalari oralig`idagi qismi;

– Istiqlol ko`chasining Buyuk Turon ko`chasi va Amir Temur shoh ko`chasi oralig`idagi qismi;

– Mustaqillik shoh ko`chasining Zarafshon ko`chasi va Amir Temur xiyoboni oralig`idagi qismi.

    Boshqa yangiliklar