AsosiyDunyo

Adashib qolgan yalqov internet “yulduz”iga aylandi

Ekvador yo`l xizmati xodimlari adashib qolgan va odamlardan yordam kutayotgan kichik yalqovni qutqarib qoldi. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida yalqov butun dunyoga tanildi, deb yozadi “Moya planeta” nashri.

Ekvadorning Los-Rios provinsiyasi yo`l xizmati xodimlari 22 yanvar kuni ustunga suyanib olgan jajji yalqovni ko`rib qolgan. Ular yalqovni suratga olib, bu suratni Ekvador transport komissiyasining Facebook`dagi sahifasiga joylashtiradi. Hozirgi kunda surat 50 mingdan ko`proq “Layk” yiqqan. Yalqovning suratini ijtimoiy tarmoqning 16000 foydalanuvchisi o`z sahifasida e`lon qilgan.

Ijtimoiy tarmoqda keltirilishicha,yalqovni topib olgan yo`l xizmati xodimlari uni darhol vetirinar ko`rigiga olib borgan. Shifokorlar uni sog`lom deb topgan.

Yo`l xizmati xodimlari hozirda yalqovning o`zi uchun mos sharoitda yashayotganini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar