AsosiyDunyo

Tramp hokimiyatni qo`lga olishga tayyorlanmoqda

'Tramp hokimiyatni qo`lga olishga tayyorlanmoqda'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp saylov natijalarini bekor qilishga va mamlakatda hokimiyatni egallab olishga tayyorlanayotgani taxmin qilinmoqda. Bu  haqida Axios nashri noma`lum manbalarga asoslanib yozdi.

Tramp ma`muriyati ta`kidlashicha, Amerika rahbari shubhali tarzda o`zining sobiq milliy xavfsizlik bo`yicha yordamchisi Maykl Flinn va advokat Sidni Pauell bilan ko`p vaqt o`tkazgan. Rasmiylar Tramp saylov natijalarini o`zgartirib, hokimiyatni egallab olishidan qo`rqishmoqda.

Bu holatda Tramp Flinn va Sidni Pauell g`oya va imkoniyatlaridan foydalanishag urinishi mumkin. 

Eslatib o`tamiz, 3 noyabr kuni bo`lib o`tgan saylovlarda rasman Jo Bayden g`alaba qozondi. 14 dekabr kuni saylovchilar hay`ati ham uni saylangan prezident deya e`lon qildi. 

    Boshqa yangiliklar