AsosiyDunyo

Qozog`istonda ko`ngillilarni koronavirusga qarshi mahalliy vaksina bilan emlash boshlandi

'Qozog`istonda ko`ngillilarni koronavirusga qarshi mahalliy vaksina bilan emlash boshlandi'ning rasmi

Qozog`istonda ko`ngillilarni koronavirusiga qarshi mahalliy vaksina bilan emlash boshlandi, deya xabar qilmoqda «Korrespondent.net». Bu vaksina QazCovid-in deb nomlangan bo`lib, uning birinchi va ikkinchi bosqich klinik sinovlari Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o`tkazilgan.

Qozog`iston sog`liqni saqlash vazirligi uch ming nafar ko`ngilli qatnashadigan III bosqich klinik sinovlarini boshlashga ruxsat berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning dekabr oyi oxiriga qadar ko`ngilli fuqarolarni emlash ishlari o`z yakuniga etadi. III bosqich sinovlar uchun 10 ming dozada zarur vaksina partiyasi ishlab chiqariladi.

Qozog`iston hukumati ushbu loyihaga investisiyalar jalb qilish bo`yicha muzokaralarni boshlab yuborgani aytilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar