AsosiyDunyo

Germaniyalik instagram yulduzi anoreksiyadan vafot etdi

'Germaniyalik instagram yulduzi anoreksiyadan vafot etdi'ning rasmi

Germaniyalik instagram blogeri Yosi Mariya Kanar orollariga ta`tilga ketgan vaqtida vafot etdi, deb xabar berdi ria.ru sayti.

Keyingi paytda o`ta ozib ketgan 24 yoshli blogerning o`limiga so`nggi yillarda u azob chekayotgan anoreksiya (ishtahaning to`liq yo`qolishi) kasalligi sabab bo`lgan.

Yosi Mariya o`limidan bir necha kun oldin anoreksiyani enga olmay, vafot etadiganlar qatorida bo`lishni xohlamasligini yozgan.

Uning ahvoli samolyotda yomonlashgan va uyqusida dugonasining qo`lida vafot etgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar