AsosiyDunyo

Isroilda ham koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi

'Isroilda ham koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi'ning rasmi

Isroil davlatida ham aholini ommaviy tarzda koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlab yuborildi. Mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu birinchilardan bo`lib bu vaksinani qabul qilib oldi. Uning bu vaksinani qabul qilish jarayoni Isroil markaziy televideniesi orqali namoyish etildi.

Dushanba – 21 dekabr kunidan boshlab mamlakatdagi barcha tibbiyot xodimlari emlanishi kutilmoqda.

Isroil sog`liqni saqlash vazirligining so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 370 mingdan oshgan, 3000 dan ortiq odam COVID-19 sababli vafot etgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar