AsosiyJamiyat

Sun`iy intellekt bo`yicha oliy ma`lumotli kadrlar qaerda tayyorlanishini bilasizmi?

'Sun`iy intellekt bo`yicha oliy ma`lumotli kadrlar qaerda tayyorlanishini bilasizmi?'ning rasmi

Oliy ta`lim vazirligi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2019/2020 o`quv yilidan boshlab respublikamizning quyidagi oliy ta`lim muassasalarida xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ikki tomonlama diplom beriladigan (double degree) qo`shma ta`lim dasturlari asosida “Sun`iy intellekt” yo`nalishi bo`yicha bakalavr va magistrlar tayyorlash yo`lga qo`yilgan:

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida – “5330700- Sun`iy intellekt” ta`lim yo`nalishi bo`yicha Belarusning Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan hamkorlikda (qabul kvotalari: 2019/2020 o`quv yili bo`yicha – 50 ta, 2020/2021 o`quv yili bo`yicha -170 ta);  

O`zbekiston milliy universitetida  - “5A330701-Sun`iy intellekt” mutaxassisligi bo`yicha Rossiyaning Moskva davlat universiteti bilan hamkorlikda (qabul kvotalari: 2019/2020 o`quv yili bo`yicha – 12 ta, 2020/2021 o`quv yili bo`yicha -12 ta).

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son qaroriga muvofiq 2020/2021 o`quv yilidan boshlab, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “5A330701-Sun`iy intellekt” mutaxassisligi bo`yicha davlat granti asosida magistrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi (qabul kvotalari – 3 ta).

    Boshqa yangiliklar