Ijtimoiy tarmoqlarda Jasur Fozilov Buxoro shahar prokurori sifatida 20 dekabrdan ish faoliyatini boshlagani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinov bu xabar to`g`ri ekanini tasdiqladi.
Xabarga oid to`liq tafsilotlar hali ma`lum qilinmagan.
Eslatib o`tamiz, Buxoro shahar prokurori sifatida faoliyat yuritayotgan J.Fozilov bundan biri necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaatlar bilan chiqish qilgan edi. Unda J.Fozilov turli qonunbuzarliklarni tilga olgan edi.
Hech qancha vaqt o`tmay, Bosh prokuratura tomonidan Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilayotgani haqidagi bayonoti e`lon qilindi.
Shundan so`ng Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning murojaati yuzasidan Respublika idoralararo komissiyasi tuzilgan edi.






