AsosiyJamiyat

Andijonda o`zini suvga tashlagan nevarasini qutqarib qolmoqchi bo`lgan bobo ham cho`kib ketdi

'Andijonda o`zini suvga tashlagan nevarasini qutqarib qolmoqchi bo`lgan bobo ham cho`kib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 16 dekabr kuni Andijon viloyatining Baliqchi tumanida baxtsiz hodisa tufayli ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda Postda.uz xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, Baliqchi tumanida yashagan, 2002 yilda tug`ilgan Z. K. o`z joniga qasd qilib, uyi oldidan oqib o`tuvchi “Qoradaryo” kanaliga o`zini tashlagan. Buni 65 yoshli bobosi ko`rib qolgan va nevarasini qutqarish uchun u ham o`zini suvga tushgan. Lekin oqim kuchliligi va suvning sovuqligi vaziyatni yanada og`irlashtirgan. Nevaraga qo`shilib, bobo ham cho`kib ketgan.

Jasadlarni suvdan qidirib topish choralari ko`rilgan. Surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar