Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda uning quyi tizimlarida xodimlar tomonidan “Oriyat” tezkor profilaktik tadbirlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati IIBning xabar berishicha, Jondor tumani Ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan ana shunday tezkor tadbir davomida, tumanning Oytug`di mahallasida yashovchi, 1976 yilda tug`ilgan yakka tartibda ishlovchi A.B. ismli shaxs, tekin boylik orttirish hamda g`arazli va boshqa past niyatlarida o`ziga tegishli bo`lgan “Oytug`di” qishlog`ida joylashgan dala shiyponida fuqarolar N.X. va M.X.larning jinsiy aloqada bo`lishlari uchun 100.000 (yuz ming) so`m naqd pullar evaziga shart-sharoit yaratib berib foxishaxona saqlaganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
"Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani Ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-kismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.






