Yaqinda Britaniyada aniqlangan koronavirusning mutasiyalashgan turi avvalgisiga nisbatan tez tarqalmoqda. Bu COVID-19 uchun ishlab chiqilgan vaksinalar endi foydasiz bo`lishini anglatadimi?
Ma`lum qilinishicha, Buyuk Britaniyada mingdan ortiq bemorlarda mutant-virus bilan kasallanish holatlari tasdiqlandi. Shunday bo`lsa-da, Buyuk Britaniya Sog`liqni saqlash vaziri Met Xenkokning aytishicha, bu yangi turning avvalgisidan xavfliroq ekanligini anglatmaydi. Virusning mutasiyaga uchrashi noodatiy hol emas. Viruslar to`xtovsiz mutasiyaga uchraydilar. Lekin bu o`zgarishlar faqat minimal oqibatlarga olib keladi. Shunday ekan, xavotir olishga xojat yo`q. Mutasiya oqibatida har doim ham virusning xavflilik darajasi oshmaydi, u kuchsizlanishi ham mumkin.
Bemor o`pkasida COVID -19 kasalligi yuzaga kelishiga sabab bo`luvchi SARS-CoV-2 virusi boshqa koronavirus turlari kabi taxminan har oyda mutasiyalanuvchi RNK-viruslar qatoriga kiradi.
Shuningdek, virusning turli variantlari borligi nega uning turli mintaqalarda har xil intensivlikdagi infeksiya tarqalishi to`lqinlariga sabab bo`lishi va ushbu virusning nega turli odamlarda turli darajadagi og`irlik bilan kechishini tushuntiradi.
Buyuk Britaniyada aniqlangan virus turida tirnoqsimon o`simtalar (bog`lovchi oqsillar) mutasiyasi yuz bergan. Genlarning delesiyasi (xromosomalarning qayta tuzilishi natijasida uning ba`zi qismlarining yo`qolishi) sababli ushbu mutasiyaga uchragan virusda ikkita aminokislota yo`q bo`ladi. Balki, aynan shu xususiyat sababli, koronavirus tezroq tarqalmoqdi.
Buyuk Britaniya G`arbiy Evropa mamalakatlari orasida COVID-19ga qarshi ommaviy emlashni boshlagan ilk davlat bo`ldi. Birlashgan qirollikda mutasiyalashgan turning paydo bo`lishi endilikda emlashning befoyda bo`lishini bildirmaydi. Bugungi kunga qadar ishlab chiqilgan vaksinalarning barchasi koronavirusning bog`lovchi oqsillarini kodlaydi va, hatto, mutant-virus bilan kasallanganda ham bemorning immun tizimini harakatga keltiradi.
Quvonarlisi, amaldagi immun tizimini engib o`ta oladigan darajada proteinlarini o`zgartirishi uchun virus bir qator mutasiyalardan o`tishi lozim. Shu o`rinda, gripp viruslari tez mutasiya qilishi sababli, emlash samarali bo`lishi uchun vaksina har faslning boshida yangilanishi kerakligi ma`lum.
Bundan xulosa qilish mumkinki, koronavirusga qarshi vaksinalarni ham kelgusida yangilash kerak bo`ladi. Ammo pandemiya davrida jamlangan ma`lumotlar va yaratilgan ishlab chiqarish manbalari, shubhasiz keyinchalik aholini qimmat bo`lmagan vaksina bilan tez ta`minlash imkonini beradi.