AsosiyJamiyat

Xonanda Jasur Umirov qamaldi

'Xonanda Jasur Umirov qamaldi'ning rasmi

Bir muddat avval taniqli estrada xonandasi Samarqanddagi liseyning birinchi kursini endigina tamomlagan, voyaga etmagan qizning nomusiga tekkani haqida xabar qilingan edi. Shundan so`ng, ushbu shaxs estrada xonandasi Jasur Umirov degan taxminlar paydo bo`lib, holat yuzasidan qayta tekshiruv tayinlangani va jinoyat ishi ochilgani xabar qilindi. 

Ayni paytda Samarqand viloyati prokuraturasining xabar berishicha, voyaga etmagan Sh.M.ni xonanda J.U. nomusiga tekkanligi holati yuzasidan to`plangan hujjatlar bo`yicha 09.10.2020 yilda Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda ish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Voyaga etmagan Sh.M. advokati M.Rustamova bilan birgalikda viloyat prokuraturasiga murojaat etishib, J.U.ga nisbatan bo`lgan jinoyat ishi tergov harakatlaridan noroziliklarini bayon etishgan.

Murojaat Samarqand viloyat prokurori R.Masharipov tomonidan o`rganilib, ariza muallifi advokati M.Rustamova ishtirokida o`zi rahbarligida viloyat prokuraturasi va IIB mas`ullari ishtirokida 2020 yil 18 dekabr kuni qabul qilinib, jinoyat ishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olinganligi va tez kunlarda qonuniy qaror qabul qilishi ta`kidlandi.  

Shundan so`ng, ishda to`plangan dalillar asosida J.U.ga nisbatan 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e`lon qilinib, sudning 21.12.2020 yildagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanildi.

Jinoyat ishi tergovi viloyat prokurori R.Masharipov tomonidan alohida nazoratga olindi, deyiladi xabarda. 

Mavzuga doir: “Aybim bir stolda shunaqa buzuqlar bilan o`tirib qolganiim. Tuxmat balosini endi ko`rdim”. Jasur Umirov vaziyatga aloqadorligiga ishora qilib izoh qoldirgan.

Jasur Umirov avval ham qamalgan edi. 

    Boshqa yangiliklar