O`zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2020 yil 25 dekabrdan e`tiboran O`zbekistonga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish tartibini joriy etish to`g`risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Axborot xizmati ma`lum qildi.
Ekspress test aeroportlarda, temir yo`l vokzallarida va chegara pinktlarida O`zbekistonga keluvchilarning o`z hisobidan amalga oshiriladi.
Mazkur tartibga ko`ra COVID-19ga topshirilgan PZR testining manfiy natijasi to`g`risida ma`lumotnomaga ega shaxslardan ham eksrpess test olinadi.
Ekspress test natijalari musbat chiqqanda, bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo`naltiriladi.
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlarga binoan, Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi O`zbekistonga kelishni rejalashtirgan vatandoshlarimiz va xorijiy davlatlar fuqarolaridan 2020-yil 25-dekabrdan boshlab joriy qilinadigan davlat chegarasini kesib o`tishning yangi tartibini hisobga olishni so`raydi.






