AsosiyJamiyat

Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan fuqarolar uchun O`zbekistonga 1 million doza «Sputnik V» vaksinasi yuboriladi

'Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan fuqarolar uchun O`zbekistonga 1 million doza «Sputnik V» vaksinasi yuboriladi'ning rasmi

Rossiya o`zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun koronavirusga qarshi bir million doza "Sputnik V" vaksinasini etkazib beradi.Shuningdek, 2021 yilda Rossiyaning yana bir vaksinasi - «Epivakkorona»ni etkazib berish uchun shartnoma imzolanishi kutilmoqda, — dedi Rossiyaning O`zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev.

Rossiya savdo sanoat vaziri Denis Manturov dekabr oyining boshlarida Toshkentga koronavirusga qarshi 100 dozada Rossiyaning Sputnik V vaksinasini jo`natgan edi. O`zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakili yaqinda ushbu partiyadan foydalanish boshlanishi to`g`risida qaror qabul qilishini aytdi.

    Boshqa yangiliklar