AsosiyJamiyat

“O`zbekkino” Milliy agentligiga qo`shimcha moliyaviy mablag`lar ajratilishi yuzasidan batafsil ma`lumot berildi

'“O`zbekkino” Milliy agentligiga qo`shimcha moliyaviy mablag`lar ajratilishi yuzasidan batafsil ma`lumot berildi'ning rasmi

Bugun @davletovuz telegram kanalida “O`zbekkino” Milliy agentligiga qo`shimcha moliyaviy mablag`lar ajratilishi masalasida e`lon qilingan postga “O`zbekkino” Milliy agentligi axborot xizmati rasmiy munosabat  bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, 2019 yilda 20 ta milliy kinomahsulotlar ishlab chiqarish uchun agentlikka davlat byudjetidan 56 milliard so`m ajratilgan. 2020 yilda esa suratga olinishi rejalashtirilgan filmlar soni jami 30 tagacha ko`payib, ajratilgan mablag`lar miqdori o`zgarishsiz qolgan.  

Rejalashtirilgan kinomahsulotlar soni yillik byudjetga nisbatan ortgani sabab ularni ishlab chiqarish uchun qo`shimcha moliyaviy mablag`lar yo`naltirish zarurati tug`ilgan. Bundan tashqari, 2019 yilda suratga olinishi boshlangan filmlarning bir qismi ish jarayonlari joriy yilga ko`chgan. O`z navbatida, ularning moliyalashtirilishi 2020 yilga to`g`ri kelgani uchun qo`shimcha mablag`lar aynan shunday shartnomalarga ham yo`naltirilishi ko`zda tutilgan.

“O`zbekkino” Milliy agentligi sifatli kinomahsulotlar ishlab chiqarishi uchun faqat byudjet mablag`lari etmasligi bois qo`shimcha moliyaviy manbalar qidirdi. Joriy yilning o`zida hamkorlikda kinomahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha bir qator kelishuvlarga erishdi.  

Hozirgi kunda 10dan ortiq kartinalar ko-prodakshn usulida ishlab chiqarilmoqda. Agentlik bu boradagi ishlarni davom ettirgan holda, qo`shimcha moliyaviy manbalar topish, xususiy sektorni rivojlantirish va investisiyalar jalb qilish, kino sanoatini rivojlantirish bo`yicha ishlarni amalga oshirmoqda.  

Misol uchun joriy yilda 40 ta zalga ega 14ta kinoteatr qurilishi uchun 60 milliard so`mdan oshiq xususiy mablag`lar jalb qilindi. Ushbu loyihalar orqali yaqin kelajakda kino ishlab chiqarish sohasiga sarflanadigan mablag`larning katta qismi xususiy sektor hisobidan qoplanishi maqsad qilingan.

    Boshqa yangiliklar