AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida yuz bergan YTHda matiz ag`darilib ketdi(Foto)

Facebook ijtimoiy tarmog`i “Voditeli Tashkenta” guruhi o`ziga xos OAV vazifasini bajarmoqda, desak mubolag`a bo`lmaydi. Guruh ishtirokchilari ijtimoiy tarmoqqa poytaxt ko`chalarida sodir bo`layotgan avtohalokatlardan muntazam ravishda fotoxabarlar joylamoqda.

Toshkent shahri Jarqo`rg`on ko`chasida ikki avtomobil-matiz va neksiya ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. “Voditeli Tashkenta” guruhiga joylashtirilgan suratlardan hodisa oqibatida matizning ag`darilib ketganini ko`rish mumkin.  

Avtomobillardan biri IIB xodimlariga tegishli ekanligini suratdan bilish mumkin. Hodisa sabablari va uning oqibatida jabrlanganlar haqida ma`lumotlar keltirilmagan.

Eslatib o`tamiz, 26 yanvar kuni Toshkent shahri O`zbekiston ko`chasida ham yirik YTH sodir bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar