AsosiyDunyo

Britaniyalik olim koronavirusning yangi turini bolalar uchun xavfli deb e`lon qildi

'Britaniyalik olim koronavirusning yangi turini bolalar uchun xavfli deb e`lon qildi'ning rasmi

Koronavirusning yangi turi bolalar uchun ilgari ma`lum bo`lgan variantga qaraganda ko`proq yuqumli, deydi yangi va paydo bo`layotgan respirator virus tahdidlari bo`yicha hukumat maslahat kengashi a`zosi London Imperial Kolledji professori Nil Fergyuson. Bu haqda Ria Novosti xabar qildi.

"Biz koronavirusning yangi turi qanday harakat qilayotgani to`g`risida ko`proq ma`lumot to`plashimiz kerak. Ushbu virusning o`zini tutishida qiziqarli epidemiologik tendensiyalar mavjud va uning bolalarni yuqtirishga moyilligi bor ...", - dedi Fergyuson brifingda.

Uning so`zlariga ko`ra, olimlar yangi mutasiyani tekshirishni davom ettirmoqdalar, ammo ular allaqachon virusning ushbu varianti ilgari ma`lum bo`lgan virusga qaraganda kamida 50% ko`proq yuqumli ekanligi haqidagi dalillarni tasdiqladilar.

Buyuk Britaniya Sog`liqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkok 14 dekabr kuni Angliyaning janubi-sharqida VUI-202012/01 deb nomlangan yangi turdagi koronavirus virusi topilganligini e`lon qildi. Vazirning so`zlariga ko`ra, ushbu turdagi virus bir necha hafta davomida, shu jumladan Daniya va Gollandiyada aniqlangunga qadar tarqalib ketgan. Bu 70% yuqumli va tezroq tarqaladi, ammo olimlar uning o`lik yoki og`irroq ekanligiga dalil topmadilar. Britaniyada tarqatilayotgan COVID-19 vaksinasi, vazirning so`zlariga ko`ra, virusning yangi turiga qarshi samarali hisoblanadi.

Mavzuga doir:

Buyuk Britaniyada koronavirusning avvalgisidan 70 foiz yuqumliroq bo`lgan yangi shtammi aniqlandi. Xavfning 4-darajasi e`lon qilingan

Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi tarqalgani sababli qator davlatlar bilan parvozlar to`xtatildi

    Boshqa yangiliklar